Сайтка кириу

Район хаккында

TAXTAKO’PIR TUMANI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT

Taxtako’pir tumani Qoraqalpog’iston Respublikasining shimoliy-sharqiy tomonida joylashgan bo’lib, tuman 1965 yil 29 dekabrda tashkil topgan.

Tuman g’arbdan Qorao’zak tumani, g’arb-shimoldan Muynoq tumani, shimol-sharq va shimoldan Qozog’iston Respublikasi, shimol-janubdan Elliqqal’a tumani va janubdan Beruniy tumani bilan chegaradosh.

Maydoni 21,12 ming kv.km. Tumanda 1 shaxarcha, 8 ta mahalla va 8 ta ovul fuqarolar yig’ini (Janadaryo, Kendirli, Mulk, Taxtako’pir, Beltau, Qarateren, Atakul, Qaraoy) bor. Markazi-Taxtakupir shaharchasi.

2015 yil 1 yanvar holatiga tuman aholisi soni 38,8 ming kishini tashkil etadi. Shundan 16,3 ming kishi shaharda, 22,5 ming kishi qishloqda yashaydi.

Ob-havosi: yozda quruq va issiq, qishda sovuq, ob-havosi o’zgaruvchan.

Tuman xo’jaliklari «Kuvonish-jarma» orig’idan suv oladi, bu oriqdan Ibrayim o’zak, Timpiy, Bozyab, Jilvon va Badrak xo’jalikaro oriqlar tarqalgan.

Tuman markazidan Nukus shahri va boshqa tuman xo’jaliklari bilan asfaltlangan yo’l aloqasi bor.